Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Kengash qarori ijrosi, jumladan aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazilayotgan ko‘mir mahsulotining past sifati hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa muammolar muhokama qilindi.
Kengash kotibiyatida o‘tgan yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, deputatlar, Ekspertlar guruhi va Yoshlar parlamenti vakillari ishtirok etishdi. Tadbir tanqidiy ruhda o‘tib, joylardagi haqiqiy ahvolni aks ettiruvchi masalalar birma-bir ko‘rib chiqildi.

Kun tartibi yuzasidan viloyatdagi ko‘mir ombori rahbari M.Xurramovning hisoboti tinglandi.
Deputatlar tomonidan aholiga va ijtimoiy soha ob’ektlariga tarqatilayotgan ko‘mir sifati talab darajasida emasligi, bu esa qish mavsumi arafasida jiddiy to‘siq va qiyinchiliklarga sabab bo‘layotgani keskin tanqid qilindi.

Kengash qarori ijrosida mavjud muammolar va yana boshqa kamchiliklar ham borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar rasman ogohlantirildi. Shuningdek, masalani joyiga chiqib o‘rganish va aniq kamchiliklarni belgilash hamda bartaraf etish uchun maxsus ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri