Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘mir o‘g‘rilari aniqlandi
15:12 / 2024-12-17

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi.

Jumladan, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “N.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyatga ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mir o‘lchovdan o‘tkazilganida, mazkur jamiyat mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1 milliard so‘mlik jami 2 ming 514 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganligi aniqlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri