Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Komil insonlarning ezgu amallari barcha ofatga barham beradi
11:45 / 2020-04-09

Tabiat – tilsim. Turfa hodisalar, tasodiflarga toʻla, tabiiy ofatlar, ixtirolar, soʻng ular qarshisida oʻzimizning ham ojizligimiz... Tamaddun osha fikrimizga minglab misollar topiladi.


Tabiat – tilsim. Turfa hodisalar, tasodiflarga toʻla, tabiiy ofatlar, ixtirolar, soʻng ular qarshisida oʻzimizning ham ojizligimiz... Tamaddun osha fikrimizga minglab misollar topiladi.

Bugun tojdor virus dunyoga xavf solmoqda. Insoniyat bu koʻrinmas zarra oldida hozircha ojiz turibdi. Xirosima yoki Nagasaki, Chernobil yoki Fukusima fojialari dunyoning bir burchagida yuz bergan dahshat ekanini shu virus ofati koʻrsatdi. Bomba portlasa, talofatini bir davlatning oʻzi bartaraf etar, ammo tojdor virus dahshatini yoʻqqa chiqarish dunyo ahlini birlashtirmoqda. Hamma birdek kurashyapti, demak chora topiladi.

Insoniyat bunday global muammo oldida turli muammolarga duch kelishi tabiiy, albatta. Shundagina yangi ixtirolar yaratiladi, hodisadan xulosa chiqarishga kirishiladi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi oldidan jiddiy irqchilik muammosiga duch kelingan edi. “Milliy” tushunchalar koʻpayib, soʻng qirgʻinlar boʻldi... Bu balo ham ham oʻtib ketdi-ku.

Ha, bir-necha oyki tojdor virus insoniyatga qarshi urush ochdi. Shunday sharoitda davlatlar va fuqarolar oldida jiddiy tadbirlar turibdi.

Bugun dunyo axborot vositalari insoniyatni bir makon atrofida birlashtirishga chogʻlangan. Demakki, kechagina “ommaviy madaniyat”, deyilgan tushunchalarga alohida bir davlat miqyosida emas, umumjahon miqyosida yechim qidirishimiz kerak. Bir maqsad yoʻlidagi jahon madaniyati dunyoga kelishi kerakga oʻxshaydi. Bu qanday boʻlishi tojli virus “gipnozi”dan keyin keng muhokamaga chiqadigan mavzulardan biri boʻlishi mumkin.

Hozircha dunyo xalqlari uyda qolmoqda. Tojli virusni yengish endi hammamizga bogʻliq. Shu oʻrinda odamlar qalbida, avvalo, ezgulik, umid boʻlishini istardik. Zero, Forobiy talqinida aytsak, komil insonlarning ezgu amallari barcha ofatga barham beradi.

Mahmud Yoʻldoshev,
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
harbiy akademiyasi oʻqituvchisi,
psixologiya fanlari nomzodi.