Farmon Murtozevich MAMATOV professor texnika fanlari doktori Qarshi Davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston Nargiza Baxtiyorovna RAVSHANOVA tayanch doktorant Qarshi Davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston nargiza77_87@mail.ru Moxichehra Fayzullayevna BEGIMQULOVA tayanch doktorant Qarshi Davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Dunyo amaliyotida tuproqqa ishlov berish bilan bir vaqtda uni pushtali ekishga tayyorlaydigan zamonaviy mashinalarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada kuzgi bug‘doydan bo‘shagan dalalarga yeryong‘oq ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan mashinada shakllanadigan pushta ostini yumshatish uchun «paraplau» turidagi qiya ustunli chuquryumshatgich o‘rnatish taklif qilingan. «Paraplau» turidagi qiya ustunli chuquryumshatgichning avzalliklari va ish jarayoni keltirilgan. O‘tkazilgan nazariy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qiya ustunli chuquryumshatgich qamrash kengligi 30 sm, uning iskanasining kengligi 5 sm, uzunligi 0,170-0,176 m oralig‘ida, iskanani gorizontga nisbatan o‘rnatish burchagi 27° va chuquryumshatgich iskanasi tig‘idan ramaning pastki tekisligigacha bo‘lgan masofa 70 sm bo‘lishi lozim.
Tayanch so‘zlar: tuproq, kombinatsiyalashgan mashina, chuquryumshatgich, iskana, qiya ustun, pushta.