Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kombinatning eksporti salohiyati yuksalmoqda
13:01 / 2022-02-08

OKMK tomonidan 2022 yilning yanvar oyida barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari bajarilishi barobarida eksport bo‘yicha ham salmoqli natija qayd etildi.

Jumladan, yanvar oyida 46 million 80 ming dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan edi. Amalda esa 71 million 70 ming dollarga mahsulot eksport qilindi. Reja ortig‘i bilan bajarildi. Bu haqida OKMK axborot xizmati ma’lum qildi.  
Mahsulotlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, 5 ming 80 tonna mis mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan. Mis katodi eksportida ham yuqori samaradorlikka erishilgan. Reja 143,1 foizga bajarilib 5 ming 9 tonna mahsulot xaridorlarga yuborilgan. Yana bir yuqori samaradorlik ruh mahsulotlarini eksportida ham kuzatilgan. Xususan, ushbu yo‘nalishda reja 198,7 foizga uddalangan. 4 ming 967 tonna ruh mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan. Mis kuporosi, kadmiy, volfram, sement, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham ko‘zlangan natijaga erishilgan. Aytish lozimki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston va Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. 

 

A.Musayev,O‘zA.