Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Komandirovka” xarajatlarini yuritish zamonaviylashdi (+video)
15:01 / 2022-08-11

O‘zbekistonda xizmat safari xarajatlari hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minot va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida nazarda tutilgan . Shuningdek, respublika hududida xizmat safarini amalga oshirish bo‘yicha qator yangiliklar joriy etiladi.  

Xususan, mobil ilova orqali xizmat safarida bo‘lgan xodimning transport, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa xarajatlari xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida onlayn tarzda hisobga olinadi hamda xizmat safari xarajatlarini avtomatik ravishda hisoblash uchun “UzASBO” dasturiy majmuasiga uzatiladi.  

Dasturiy ta’minotda xodimni xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi hamda xodimlar xizmat safariga yuborilganligi tasdiqlangandan so‘ng mehmonxona xarajatlari bo‘yicha to‘lovlar pul o‘tkazish yo‘li bilan avtomatik ravishda o‘tkazib beriladi. 

Shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklariga uch oy muddatda byudjet tashkilotlari hamda mehmonxonalar o‘rtasida Respublika hududida xizmat safariga yuborilgan xodimlarni turar joydan foydalanishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish hamda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron modul yaratish vazifasi yuklatilgan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ido8jzDB2DQ" title="“KOMANDIROVKA” XARAJATLARINI YURITISH ZAMONAVIYLASHDI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yaqubov O‘zA