“Ko‘mak” jamiyatining yuzaga kelishida Maorif komissariyati O‘zbek bilim hay’ati qoshida o‘rta, oliy мактабларда o‘qiyotgan o‘zbek yoshlarining “Adabiyot to‘garagi” asosiy o‘zak bo‘lib xizmat qildi.
To‘garak tomonidan 1922 yil 8 aprelda “Armug‘on” nomli bir martalik jurnal chop etildi. U yosh qalamkashlarga ulkan tajriba maktabi bo‘ldi. Jurnalda Turkiston jadidlarining otasi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida maqola, ustoz Cho‘lponning “Tilak yo‘lida” she’ri, Abdulla Avloniyning “Tarixiy hikoya”lari bilan birga yoshlardan Botu, Sh.Sulaymon, Oybek, ayniqsa, Xosiyat Tillaxon qizi, Manzura Sobir qori qizi (Oydin), X.Toji qizi kabilarning she’rlariga ham keng o‘rin berildi. Elbek, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Said Ahmadning bir qator ilmiy, ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi o‘tkir maqolalari chop etildi. Shунингдек, keyinchalik Germaniyada tahsilni davom ettirgan Sattor Jabborning “O‘ksiz ruhim”, Sayyidalixo‘janing “Tabiatdan javob” maqolalari to‘garakda jamlangan yosh qalamkashlarning kuchli badiiy dididan dalolat beradi.
Darhaqiqat, 1922 yilning may oyidan Toshkentda xorijda o‘qish uchun talabalarni tanlash va ularni kerakli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv yurtlariga taqsimlash ishlari boshlab yuborildi. “Ko‘mak” uyushmasiga g‘oyaviy rahbarlikni Fitrat va Cho‘lpon amalga oshirgan bo‘lsa, tashkiliy jihatdan Abdulla Rahimboyev, Akmal Ikromov, Elbek, Qayyum Ramazon va Botu katta yordam berdi. Natijada keng ko‘lamli amaliy ishlarga kirishildi. Jadid maktablarining iqtidorli o‘quvchilari tez kunda o‘lkaning turli qismlaridan Toshkentga oqib kela boshлади. Qisqa muddatda “Ko‘mak” tashkiloti tomonidan chet elda o‘qishni istagan yuzlab talabalar ro‘yxati tuzildi.
1922–1923 o‘quv yili boshlanishi bilan yuzlab turkistonlik iqtidorli yoshlar Germaniyaning Berlin, Rossiyaning Moskva, Peterburg, Ozarboyjonning Boku, Ganja shaharlariga yo‘l oldilar. Ular, asosan, Fitrat va Fayzulla Xo‘jayev ajratgan Buxoro Xalq Respublikasi sarmoyasi, “Ko‘mak” tashkiloti tomonidan yig‘ilgan pullar va ayrimlari ota-onalarining hisobidan yo‘lga chiqdilar. G‘ozi Yunusning “Qizil bayroq” gazetasining 1922 yil 22 iyul sonida bosilgan xabarida Buxoro Xalq Республикаси “Ko‘mak” uyushmasi iltimosiga ko‘ra ayrim turkistonlik talabalar uchun ham homiylikni o‘z zimmasiga olgani aytiladi.
Bu harakat butun Turkiston ziyolilari tomonidan ulkan hodisa sifatida e’tirof etildi. Biroq ko‘p o‘tmay тўпланган pul juda kamligi ma’lum bo‘lib qoldi. Natijada barcha millatparvar ziyolilar chet ellarda tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga bosh qo‘shdilar.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QfU1RTLOI8g" title=""Ko`mak" — Turkiston taraqqiyparvarlari tashkiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA