French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiyada neft quvuri portlatildi
11:40 / 2019-10-06

Kolumbiyada nomaʼlum shaxslar tomonidan Putumayo departamentining Orito shahridagi Transandin neft quvuri portlatildi.


Kolumbiyada nomaʼlum shaxslar tomonidan Putumayo departamentining Orito shahridagi Transandin neft quvuri portlatildi. Bu haqida quvurning operator kompaniyasi sanalgan Ecopetrolga iqtibos keltirgan holda Korrespondent.net xabar bermoqda.

Neft quvuriga hujum 5-oktyabr kuni tushdan keyin amalga oshirilgan. Ushbu qismdagi portlash tufayli yoqilgʻi Guamuyes daryosiga toʻkilgan. Kompaniya departament maʼmuriyatiga suv omborining ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumot yuborgan.

Hujum paytida neft quvuri liniyasi faoliyat olib bormagan, chunki, ifloslanishni oldini olish uchun cheklash klapanlari darhol yopilgan. Ecopetrol shuningdek favqulodda vaziyat rejasini faollashtirdi va portlash oqibatlarini ortiqcha talofatlarsiz bartaraf etishga kirishgan.

Kompaniyadan maʼlum qilishlaricha, 2019-yilning oʻzida quvur liniyasi 19 marotaba hujumga uchragan. Yoqilgʻi u orqali Putumayo va Narinyo departamentlaridan Tinch okeani qirgʻoqlaridagi Tumako port shahriga yetkazib beriladi.