Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiyada koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi oshdi
06:23 / 2021-06-05

Kolumbiyada o‘tgan bir kun davomida koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi oshdi.

“REGNUM”ning mazkur davlat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, keyingi bir kunda 30 ming kishi kasallikni yuqtirgani qayd etilgan. 

Bu ko‘rsatkich pandemiya davomidagi rekord daraja ekani aytilmoqda. Shu tariqa kasallikka chalinganlarning umumiy miqdori 3 million 518 ming 46 nafarga yetgan. Shuningdek, 4 iyunda 537 kishi kasallik qurboni bo‘lgan, bu boradagi umumiy miqdor 90 ming 890 nafarni tashkil qilgan.