Kolumbiyada ko‘mir konida yuz bergan qator portlashlar 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Kolumbiyaning markazidagi Sutataus munitsipalitetida joylashgan shaxtada yuz bergan seriyali portlashlar natijasida halok bo‘lgan konchilar soni 11 nafarga yetdi, deb yozmoqda TASS agentligi.
El Tiempo gazetasining yozishicha, portlash boshlanganda shaxta ichida 30 dan ziyod odam bo‘lgan.
Kundinamarka departamenti gubernatori Nikolas Garsia Bustosning ijtimoiy tarmoqda yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 05:20 da kon ichida 17 kishi qamalib qolgan. Ayni damda halokat bo‘lgan joyda qutqaruvchilar ish olib bormoqda, deyiladi xabarda.
Sutataus ko‘mir konlarining birida boshlangan portlash keyinchalik qo‘shni to‘rtta shaxtada ham takrorlangan.