Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiyada avtotsisterna portlashi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 41 kishiga yetdi
13:42 / 2020-07-18

Mahalliy aholi qoʻllariga kanistrlar va boshqa turli idishlar olib avtotsisterna yonida toʻplanishganda portlash sodir boʻlgan.


“RCN” radiostansiyasining xabar berishicha, oltinchi iyulda Kolumbiyaning shimolidagi Tasaxera qishlogʻidan kesib oʻtgan “Senaga – Barrankilya” shossesi yoqasida benzovoz agʻdarilgan.

Mahalliy aholi qoʻllariga kanistrlar va boshqa turli idishlar olib avtotsisterna yonida toʻplanishganda portlash sodir boʻlgan. Dastlab 38 kishi qurbon boʻlgani haqida aytilgan edi.

Radiostansiyaning maʼlum qilishicha, hukumatning soʻnggi hisobotida halok boʻlganlar soni 41 kishiga yetgani keltirilgan. Bundan tashqari, turli tibbiyot markazlarida yana 31 kishi ogʻir ahvolda yotibdi.

Koʻpchiligiga terini qayta koʻchirish kerak, deyiladi xabarda. Ularning orasida voyaga yetmagan oʻsmir ham bor.

Magdalena departamenti gubernatori Karlos Kaisedoning maʼlum qilishicha, terisi kuyganlarni davolash uchun juma kuni AQSHning Texas shtatidagi kasalxonalarining biridan 35 ming kvadrat santimetr teri joʻnatilgan.