Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiya Prezidenti Venesueladagi vaziyatni muhokama qilish uchun Tramp bilan uchrashadi
12:26 / 2019-02-04

Kolumbiya Prezidenti Ivan Duke Venesueladagi vaziyatni muhokama qilish uchun Donald Tramp bilan uchrashadi, deb xabar bergan Caracol radiosi hukumat manbasidan iqtibos keltirib.


Kolumbiya Prezidenti Ivan Duke Venesueladagi vaziyatni muhokama qilish uchun Donald Tramp bilan uchrashadi, deb xabar bergan Caracol radiosi hukumat manbasidan iqtibos keltirib. Bu haqda INTERFAX.RU xabar bermoqda. 

Ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi 13-15 fevral kunlari Oq uyda boʻlib oʻtadi. Uchrashuvning asosiy mavzusi Venesueladagi inqiroz, terrorizm, giyohvandlik, korrupsiya va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalaridir.

Shuningdek, Kolumbiya Prezidenti, Amerika davlatlari tashkilotining (OAG) navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi va AQSH Kongressi vakillari bilan ham uchrashadi, deb xabar bergan hukumat manbasi.

Eslatib oʻtamiz, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Donald Tramp Kolumbiya hukumatiga, Kolumbiya mafiyasiga uni oʻldirishga buyruq berganini aytgan edi.