Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiya prezidenti Rossiya va Ukrainani muzokaraga chaqirdi
10:27 / 2022-09-22

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Meksika hukumati bilan birgalikda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash zarurligi to‘g‘risida deklaratsiya tayyorlanayotganini e’lon qildi.

“Men Yevropani tinchlik haqida gapirishga taklif qilaman. Meksika bilan birgalikda biz Lotin Amerikasi davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qo‘shma deklaratsiyani qabul qilmoqchimiz, umid qilamanki, tinchlik muzokaralarini bugundan boshlash kerak, chunki dunyo boshqa muammolarga e’tibor qaratish kerak”, dedi u.  

Bir kun avval Boliviya prezidenti Luis Arse BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida ushbu platformadan foydalanib, sayyoramizda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yirik tarixiy bitim tuzishni taklif qilgan edi.