Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiya okrugi sudi mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampning so‘roviga raddiya berdi
10:49 / 2021-11-10

AQSHning Kolumbiya okrugi sudi mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampning Kapitoliyga hujum bo‘yicha tekshiruvlar jarayonida o‘z ma’muriyatiga tegishli hujjatlarni mahfiylikda saqlash bo‘yicha so‘roviga rad javob berdi.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Tramp Kongress komissiyasi tegishli tekshiruvga doir yuzlab sahifali arxiv hujjatlarini, jumladan o‘zining kun tartibiga oid ish yozishmalari, matbuot kotibi chiqishining tezislari va saylovlar himoyasi bo‘yicha hujjat loyihasi kabilarni oshkor qilinmasligiga urinmoqda, bu hujjatlarning barchasi pirovardida Kapitoliyga hujum uchun asos sifatida ko‘rilmoqda.

Da’vogarlarning manbalarni oshkor qilmaslik bo‘yicha so‘rovi rad qilindi, deyiladi sud qarorida.