Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kolumbiya changalzorlarida aviahalokatdan tirik qolgan to‘rt bola topildi
14:53 / 2023-05-18

Kolumbiya qurolli kuchlari mamlakat janubida Kaketa departamenti changalzorlaridan aviahalokatdan tirik qolgan to‘rtta bolani topishdi. Ular halokatga uchragan Cessna 206 samolyoti yo‘lovchilari bo‘lgan va o‘rmonda 16 kun qolib ketishgan, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Gustavo Petro.

“Qurolli kuchlarimiz kechayu-kunduz qidiruv olib borishi natijasida, to‘rt bolani tirik holda topishdi. Ular aviaholakatdan keyin bedarak ketgan edi. Bu mamlakat uchun quvonchli voqea bo‘ldi”, – deb yozgan Petro o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

1 may kuni Cessna 206 samolyoti Ararakuari shahridan San-Xose-del-Guavyarega parvoz qilayotganda dvigateli ishlamay qolib, o‘rmonga qulab tushgan. Qutqaruvchilar ikki uchuvchi hamda to‘rt bolaning onasi Magdalena Mukutuining jasadini topishgan. Omon qolgan bolalar 13, 9, 4 yosh va 11 oylik gudak bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, ayni paytda bolalar sog‘-salomat, ularni Kolumbiya harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari kuzatib kelmoqda.