Kolumbiya AQSH va YeIga energiya yetkazib berishga tayyor
Kolumbiya G‘arb mamlakatlari bozorida Rossiya energiya resurslarini o‘rnini bosish uchun ko‘mir va uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirishga tayyor.
Bu haqda Prezident Ivan Dukening “CNN” telekanaliga bergan intervyusiga tayanib, “Armenpress” xabar beradi.
AQSH va Yevropa aniq biladiki, ular endi Rossiyaga energiya ta’minoti bo‘yicha qaram bo‘lolmaydi. Kolumbiya bu muammoni hal qilishga hissa qo‘sha oladimi qabilidagi savolga, mamlakat rahbari Duke “ha”, – deya javob berdi.
Prezident Dukening so‘zlariga ko‘ra, ular neft, gaz, vodorod va ko‘mir qazib olishni ko‘paytirishga tayyor. Germaniya kansleri Olaf Shols 7 aprel kuni Berlin 120 kun ichida Rossiyadan ko‘mir importini to‘xtatishini aytgandi. Ushbu bayonotdan oldin esa Shols va Duke o‘rtasida ko‘mir ta’minoti mavzusini o‘z ichiga olgan muzokara bo‘lib o‘tgan edi.