French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘lto‘sinda tibbiyot punkti ochildi
18:55 / 2022-04-22

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 28 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida olis hududlarda konteynerlardan iborat tibbiyot punktlari tashkil etish belgilangandi.

Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining chekka hududlarida 165 ta maxsus jihozlangan konteyner o‘rnatish belgilangan va ayni paytda bu ish amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Payariq tumanining yettita olis mahallasida ana shunday birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti o‘z ishini boshladi. Shu paytgacha bir necha kilometr masofadagi oilaviy vrachlik punktlari va poliklinikalarga borishga majbur bo‘lgan Do‘stlik, Burqut, Nakurt, Ko‘lto‘sin, Olmozor, Zarafshon va Taraqqiyot mahallalarining olis qishloqlari aholisi endi o‘z yashash joylarida o‘rnatilgan tibbiy punktlar xizmatidan foydalanadi.

Payariq tumani hokimi o‘rinbosari F.Omonovning qayd etishicha, mazkur punktlar orqali tuman va viloyatdagi tibbiyot markazlarining malakali mutaxassislari yordamida joylarda tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Birlamchi tibbiy xizmat uchun zarur uskunalar yetkazib beriladi.

G‘.HASANOV, O‘zA