Kolorado avtomagistralida uch mashina ishtirokidagi to‘qnashuvda besh nafar inson, jumladan uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda "Arab News" yozgan.
Shtat qo‘riqlash xizmati matbuot xabarnomasida hodisa Denver janubidagi Franktaun hududida "Toyota" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgach, sodir bo‘lgan.
Janub tomonga harakatlanayotgan mashina shimol yo‘nalishiga ag‘darilib, qarama-qarshi yo‘lakda ketayotgan "Ford" sedani, keyin "Ford" pikapi bilan to‘qnashgan.
Xodim ma’lum qilishicha, ag‘darilgan transport vositasidan uchib chiqib ketgan "Toyota" egasi voqea joyida vafot etgan.
Sedan haydovchisi va mashinadagi besh norasidadan uch nafari ham darhol jon bergan. Ikki bola yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketilgan. Rasmiylar hozircha jabrlanganlar ahvoli haqida ma’lumot bermagan. Pikap haydovchisi jiddiy jarohat olmagan.
Baxtsiz hodisa bo‘yicha tergov davom etyapti. Davlat yo‘l-qo‘riqlash xizmati xabar berishicha, Duglas okrugi sud-tibbiy eksperti fojianing barcha ishtirokchilari yaqin qarindoshlariga xabar berilgach, jabrlanuvchilar shaxsi aniqlanishini qo‘shichp qilgan.
M.Pirmatova, O‘zA