Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollejning pazanda yoshlari
17:45 / 2017-03-31

Qarshi tuman servis va tadbirkorlik kollejida transportda tashish va boshqarishni tashkil etish, tikuv va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, birja agenti, avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kabi 8 yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Oshpazlik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarga pazandalik sirlari bilan birga, dasturxon bezash, mehmon kutish, xizmat ko‘rsatish madaniyatidan saboq beriladi. O‘quv-amaliyot xonasi zamonaviy jihozlangan.

– Kollejimizda oshpazlik yo‘nalishning tashkil etilganiga 5-yildan oshdi, - deydi ishlab chiqarish amaliyoti ustasi Nilufar Ro‘ziyeva. – Milliy hamda jahon xalqlari taomlari, salatlar tayyorlash, shuningdek, karving san’atini qunt bilan o‘rganayotgan yoshlar turli tanlovlarda o‘z mahoratini namoyish etib kelmoqda. O‘tgan yili o‘quvchimiz Farhod Karimov oshpazlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Oltin pichoq” mamlakat tanlovida sovrindorlar qatoridan joy oldi.