Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollejlar kredit-modul tizimiga o‘tadi
21:27 / 2023-12-12

«O‘zbekiston — 2030» Strategiyasiga muvofiq, 2024—2025 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kredit-modul tizimiga o‘tadi. O‘quv jarayoni kreditlar (ballar)ni o‘tkazish va to‘plash Yevropa modeli — ECTS bo‘yicha tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi tegishli qaroriga ko‘ra, kredit-modul tizimi bilan qamrab olingan ta’lim dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi. O‘quv yilining davomiyligi  dastur asosida belgilanadi. 

O‘quvchilar ma’lum o‘quv yuklamasining o‘zlashtirilganini ko‘rsatish uchun o‘quv yili davomida kamida 60 ta kredit to‘plashi kerak bo‘ladi. Har bir kredit o‘rtacha 25-30 akademik soatga teng. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi o‘quv rejasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi hamda auditoriya soatlari va mustaqil ta’limga bo‘linadi. Akademik davr uchun talab etiladigan kreditlar miqdori majburiy va ixtiyoriy fanlarni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim dasturi o‘quvchilar tomonidan bir semestr davomida 30 ta kredit olishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Akademik qarzi bo‘lgan talabalarning tashabbusiga ko‘ra, ta’til davomida yetmagan kreditlarni olish uchun to‘lov evaziga qayta topshirish o‘tkaziladi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA