Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollej o‘quvchisi tikuvchilikni yo‘lga qo‘ydi
13:03 / 2014-11-10

Zulayho bolaligidan milliy liboslar yaratishga, shu yo‘nalishda xususiy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga juda qiziqar edi.

Zulayho bolaligidan milliy liboslar yaratishga, shu yo‘nalishda xususiy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga juda qiziqar edi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni bu sohaga keng jalb etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli ko‘pchilik tengdoshlari qatori u ham o‘z biznes loyihasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, 5 million so‘mlik imtiyozli kredit oldi va tikuvchilik tarmog‘ini tashkil etdi.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlar zamon talablari darajasida bilim olish bilan birga, muayyan kasb-hunarlarni ham puxta o‘zlashtirmoqda. Bu ularga o‘zlari tanlagan soha bo‘yicha tayyor mutaxassis sifatida mehnat faoliyatini boshlash imkonini berayotir. Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish esa davlatimizning doimiy e’tiborida.

Bu borada Farg‘ona viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlarida tuman, shahar hokimliklari tomonidan bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ularda ish beruvchi korxona va tashkilotlar, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, tijorat banklari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Prezidentimizning 2010-yil 28-iyulda qabul qilingan “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratishning yo‘lga qo‘yilgani ham yoshlar bandligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Yaratilayotgan bunday sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalangan Dang‘ara sanoat kasb-hunar kollejining uchinchi bosqich o‘quvchisi Zulayho Ermatova o‘z tikuvchilik sexida bir necha tengdoshi bilan maktab o‘quvchilari uchun liboslar tayyorlamoqda.

– Davlatimiz tomonidan biz, yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibordan minnatdormiz, – deydi Zulayho. – Zamonaviy kasb-hunar kollejida tahsil olish bilan birga o‘z biznesimizni yo‘lga qo‘yish uchun ham barcha imkoniyatlar yaratilgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bizni Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada ko‘proq izlanishga undaydi.

Z.Ermatovaning niyatlari katta. Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 35 million so‘m imtiyozli kredit olish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu mablag‘ evaziga u tikuvchilik tarmog‘ini yanada kengaytirish, o‘nlab tengdoshlarini ish bilan ta’minlashni niyat qilgan.