Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kollej bitiruvchisi – kasb egasi
14:10 / 2016-03-15

Urganchda “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Urganchda “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, mehnat boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda korxona, tashkilot va muassasalar vakillari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari, ota-onalar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarning mehnat jamoalariga moslashuviga ko‘maklashish, ta’lim maskanlari va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularni korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, kasbga qayta tayyorlash, qo‘shimcha ta’lim markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, bo‘sh ish o‘rinlaridan xabardor etishga xizmat qilmoqda.

Joriy o‘quv yilida Urganch shahridagi kasb-hunar kollejlarini 4 mingdan ortiq yoshlar bitiradi. Ularning bir qismi oliy ta’lim dargohlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan bo‘lsa, aksariyati ixtisosligi bo‘yicha korxona va tashkilotlarda o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ko‘rgazmada 100 ga yaqin korxona va tashkilotdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shahar va tumanlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining elektron ro‘yxati, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyati, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, korxona va tashkilotlarda ishchi-mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar, ish haqi, mehnat sharoiti bilan tanishtirildi.

– Tijorat banklari mikrokredit ajratish borasida taqdimotlar o‘tkazdi, – deydi Madina Madaminova. – Men Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kollejini bitiraman. Tadbirda men taqdim etgan biznes g‘oya bank mutaxassislariga ma’qul keldi. Nasib etsa, kollejni tugatishim bilan yosh tadbirkor sifatida ish boshlayman.