Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘kdalada kadastr bo‘limi ish boshladi
15:14 / 2023-07-03

Qashqadaryo viloyatining yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanida barpo etilayotgan ma’muriy bino va inshootlar hudud chiroyiga chiroy qo‘shmoqda.

Kuni kecha tumanda Davlat kadastrlari palatasining Ko‘kdala tumani filiali zamonaviy binoda faoliyat boshlagani ham tuman ahli uchun quvonarli voqea bo‘ldi.  

Ob’ektning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi M.Azimov va boshqalar yig‘ilganlarni shodiyona bilan qutladi.  

Ta’kidlash lozimki, zamonaviy loyihalar asosida bunyod etilgan mazkur bino 2 qavatdan iborat bo‘lib, jami 15 ta xona, shundan 1 ta majlislar zali, 1 ta arxiv xonasi va 1 ta fuqarolarni qabul qilish xonasi mavjud va ularning barchasi zamonaviy mebellar bilan jihozlangan.

Ma’lumot o‘rnida Davlat kadastrlari palatasining Ko‘kdala tumani filiali 180 ming nafardan ortiq tuman aholisiga xizmat ko‘rsatadi.  

O‘tgan yillar davomida viloyatning Yakkabog‘, Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Shahrisabz tumani va Kasbi tumanida zamonaviy kadastr binolari qad rostladi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.