Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘kdalada bunyodkorlik nafasi
15:52 / 2025-06-18

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo vohasining gavhari bo‘lmish Ko‘kdala tumani so‘nggi yillarda shiddatli o‘zgarishlar maydoniga aylandi. Infratuzilma, ijtimoiy soha va turar-joy qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasi hududning qiyofasini butunlay o‘zgarmoqda.  

Tuman markazi – Yettitom shaharchasi va uning atrofida davlat byudjetidan ajratilgan 2 trillion so‘m mablag‘ evaziga ulkan bunyodkorlik loyihalari qad rostladi. Hokimlik va mahalliy idoralar uchun barpo etilgan zamonaviy binolar nafaqat arxitektura durdonasi, balki qulaylik va sharoit borasida ham yuqori standartlarga javob beradi. “Yangi O‘zbekiston” massivi esa hudud aholisi uchun madaniyat, ma’rifat va muloqot maskaniga aylandi.

Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar ham e’tiborga molik. Jumladan, joriy yilning o‘zida 20 ta yangi maktabgacha ta’lim maskani, 2 ta umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy kutubxonalar va sport inshootlari esa yosh avlodning barkamol rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasida ham qator yangiliklar ko‘zga tashlandi. Yangi qurilgan poliklinika mahalliy aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratdi.

159 kilometr yo‘lning ta’mirlanishi, 50 kilometr ichimlik suv quvurlari va 80 kilometr elektr liniyalarining yangidan qurilishi tumanda yashovchilarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Xalqaro ahamiyatga ega yo‘l bo‘ylarida barpo etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari esa yo‘lovchilar va mahalliy aholiga qulaylik yaratmoqda.

Shuningdek, tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi uch yil ichida tumanda qator yangi korxonalar tashkil etilib, mavjudlari modernizatsiya qilindi. Bu esa yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga va aholi bandligining oshishiga olib keldi. Mahalliy tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar ularning investitsiya kiritishiga va yangi loyihalarni amalga oshirishiga turtki bo‘lmoqda. Tuman hokimligi investorlarni jalb qilish bo‘yicha faol ish olib borib, hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga intilmoqda.

[gallery-23946]

Yettitom shaharchasida barpo etilgan istirohat bog‘i aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, 18 ta yangi mahalla binosi fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.   

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA