Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘kdala tumanida tarvuz pishibdi
17:35 / 2025-04-08

Bugun omilkor dehqonlarning sharofati bilan yilning istalgan mavsumida bozorlar sarxil mevalar va sabzavotlarga to‘liq. Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanilik dehqonlar ham ertachi tarvuz yetishtirishda uzoq yillik tajribaga ega va yildan yilga marrani bermay kelyapti.

Bu yil ham ularning issiqxonalarda parvarishlagan tarvuzlari pisha boshlabdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

O‘tgan yilda 17 aprelda tarvuz yetishtirib, rekord qo‘yilgan bo‘lsa, bu gal rekord yanada muddatidan avvalroq o‘rnatilgan.

Dehqon Solih Jumanazarov bu hosil shunchaki tajriba sifatida bir nechta dona yetishtirilganini, ommaviy sotish va bozorga hosil yetkazish uchun qolgan tarvuzlar pishib, yetilishiga taxminan 15 kundan ziyodroq muddat borligini ma’lum qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda Ko‘kdala tumanida 20 ming gektardan ortiq maydonga tarvuz ekilgan.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri