Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
11:59 / 2025-12-17

Bugungi kunda yurtimizda keng ko‘lamda davom ettirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida xalqaro ahamiyatga ega A-380 avtomobil yo‘li bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida saksovul, manzarali daraxtlar, sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli ekinlar urug‘larini ekish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar Orolbo‘yi mintaqasida cho‘llanishga qarshi kurashish, shamol eroziyasini kamaytirish, tuproqni mustahkamlash va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu ezgu ishni Orolbo‘yi innovatsiya markazi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan birgalikda ilmiy yondashgan holda amalga oshirmoqda.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida yashil hududlarni kengaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilib, o‘tgan yillar davomida Orol dengizining qurigan maydonlarida “Yashil qoplamalar” yaratish maqsadida qariyb 2 million gektar maydonga saksovul va boshqa cho‘l sharoitiga mos o‘simliklar ekildi.

Bunday  ishlar bugungi kunda ham qizg‘in davom ettirilib, dengizning qurigan maydonlarida hamda avtomobil yo‘llari bo‘ylarining qumli va cho‘l hududlarida cho‘lga chidamli o‘simliklarni ekish ishlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri