French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ko‘k Saroy” – yangi savdo markazi ishga tushdi
12:58 / 2025-10-14

Jizzax shahridagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan “Koʻk Saroy Resident Sity” savdo-kompleksi o‘z faoliyatini boshladi.

Umumiy maydoni 3,5 gektarni tashkil qiluvchi markazning birinchi bosqichi 25 ming kvadrat metr hududda amalga oshirildi. Binoning 1–3-qavatlarida 300 ta do‘kon faoliyat yuritadi; 4-qavatda esa 5 ta shoxobcha, 10 ta ovqatlanish nuqtasi va 30 dan ortiq attraksion hamda bolalar o‘yingohlari mavjud. Shu bilan birga, 20 ga yaqin zargarlik do‘konlari joylashtirilgan. Avtoturargoh 800 ta avtomobilni sig‘diradi.

Loyihaning iqtisodiy ta’siri ham katta: 500 dan ziyod yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil qilindi, 850 nafardan ziyod aholi ish bilan ta’minlanmoqda. 

[gallery-25728]

Soliq tushumlari va xizmat hajmlari ortishi bilan mahalliy byudjetga qo‘shimcha kirimlar bo‘lishi ham kutilmoqda. Ikkinchi bosqichda “Eko bozor” qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u bilan yana qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA