French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KOICA bilan hamkorlikdagi kasb-hunarga o‘qitish markazi ilk bitiruvchilari endi o‘z biznesini boshlaydi
18:22 / 2021-03-02

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Oqoltin tumani Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida Janubiy Koreyaning KOICA – Xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish maskani bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

O‘tgan 2020 yilning dekabr oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Janubiy Koreyaning KOICA – Xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligida “Sardoba” suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi “Aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi” loyihasi doirasida bir nechta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ayniqsa xotin-qiz va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etilgan edi.

Ushbu kasb-hunar o‘quv maskanlari faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, bugungi kunda, bu yerda tahsil olib, kasb o‘rganishni xohlovchi ayollar soni tobora ortib bormoqda.

Oqoltin tumani Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ushbu maskanning ilk qaldirg‘ochlari bugun mustaqil hayot sari parvoz etdi.

– Bir vaqtning o‘zida 90 nafarga yaqin ayollar va yoshlarni pazandachilik, qandolatchilik va kompyuter savodxonligi mutaxassisliklari bo‘yicha professional o‘qitish, bu orqali ularni ma’lum daromad manbai bilan ta’minlash, iqtisodiy faolliklarini yanada oshirish, aholining takliflari asosida keyinchalik qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv kurslari tashkil etish imkoniyatimiz mavjud, – deydi Oqoltin tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, ushbu kasb-hunar o‘quv maskani rahbari Alisher Ibodullayev. – Mana bugun ikki oy davomida tahsil olgan markazimizning ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi, endilikda ular o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari mumkin, eng muhimi kasb-hunar egasi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, har bir xotin-qizning bandligini ta’minlash mahalliy hokimliklar va sektor rahbarlari zimmasiga yuklatilgandi.

Oqoltin tuman hokimligi mutasaddilarining ta’kidlashicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan qisqa kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv kurslari va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Janubiy Koreyaning KOICA – Xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv maskanlarini bitirib, sertifikatni qo‘lga kiritgan fuqarolar ish bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, ushbu o‘quv maskanini tamomlab sertifikatni qo‘lga kiritganlar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida o‘z biznesini boshlaydi.

A.Qayumov, O‘zA