Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘hna va boqiy Buxoro rassomlar nigohida
18:24 / 2022-05-27

“Buxoro plener – 2022” tadbiri xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali doirasida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolaridan tashkil topgan badiiy ijodiy jamoa Buxoro viloyatidagi diqqatga sazovor maskanlar suratini rang tasvirda yaratishadi.

Rassomlar 9 kun davomida Buxorodagi qadimiy obidalar, arxeologik ob’ektlar va tabiat manzaralarini o‘z asarlarida aks ettiradi. Xususan, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz majmuasi, Chor Minor madrasasi va Somoniylar maqbarasi kabi tarixiy obidalar bilan bir qatorda Varaxsha cho‘li ekoturistik maskani ham tasvirlanadi. Umumiy hisobda 40 ga yaqin ob’ektlar rang tasviri yaratiladi. “Buxoro plener – 2022” tadbiri joriy yilning 28 mayiga qadar davom etadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri