French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘hna va boqiy Buxoro isroillik ijodkorlar nigohida
09:00 / 2023-09-04

Isroil davlatining yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari joriy yilning 2-3-sentyabr kunlari Buxoroda bo‘ldi.

Ijodiy guruh vakillari shaharning sayyohlik salohiyati to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash maqsadida bir qator madaniy meros ob’ektlari, yahudiylar sinagogasida ham bo‘lishdi.  Buxoroning boy tarixi ayniqsa, qadimiy arxitektura yodgorliklari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.  

Bundan tashqari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kulolchilik, temirchilik, kashtado‘zlik, gilamchilik va amaliy san’at kabi kasb-hunar turlari ularda  katta qiziqish uyg‘otdi.  

“G‘ijduvon kulolchilik markazi”dagi usta kulol Abdulla Narzullayev, mohir temirchi usta Shokir Kamolov, miniatyura san’ati namoyandasi Davlat Toshevning asarlari, Buxoro tumanidagi “Naqshband hunarmandchilik markazi” faoliyatini mehmonlar o‘zgacha hayrat bilan tomosha qilishdi. Viloyatning qadimiy tarixi, madaniyati, san’ati, an’analari va xalqimizning urf-odatlari, bir so‘z bilan aytganda Buxoroning yuksak turizm salohiyati tasvirga olindi.  

O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchixonasi, Turizm qo‘mitasi va Buxoro viloyati hamkorligi doirasida tasvirga tushirilgan materiallar Isroil davlati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Buxoro yahudiylari yashaydigan barcha mamlakatlarda keng yoritilib, dunyo bo‘ylab targ‘ib qilinadi. Bu yurtimizga xorijiy turistlar qiziqishini oshirish, ularga Buxoro zaminini tanishtirishda muhim o‘rin tutadi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA