Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘hna do‘stlik rishtasi mustahkamlanmoqda...
23:31 / 2022-09-17

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov kutib oldi.

Muloqot davomida Hindistonning bir qator universitetlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, axborot texnologiyalari sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid takliflar ilgari surildi. Shuningdek, turizm tarmog‘ini rivojlantirish hamda arxeologiya tadqiqotlari olib borish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

- Samarqand azaliy ilm-fan markazi, - dedi Manish Prabxat. - Mamlakatlarimiz orasidagi Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan qadim aloqalar bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. O‘ylaymanki, hamkorligimiz samarali kechadi va ikki mamlakat ta’lim tizimining kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Uchrashuv so‘nggida janob Manish Prabxat Samarqand davlat universitetiga Hindiston tarixi va jug‘rofiyasiga oid bir qator kitoblar sovg‘a qildi.

Iroda Bekmurodova,
SamDU axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov (surat)