Ko‘hna Buxoro moviy rangga burkandi
20 noyabr – “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan har yili 19 va 20 noyabr kunlari tungi vaqt mamlakatimizdagi 100 dan ortiq bino O‘zbekistonda bolalar huquqlari qo‘llab - quvvatlanayotgani ramzi sifatida moviy rang bilan yoritiladi.
Mazkur “Dunyoni moviy rangga bo‘ya” global aksiyasi o‘z navbatida Jahon bolalar kuniga bag‘ishlandi. Shu tariqa O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) Jahon bolalar kunida bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi «Dunyoni ko‘k rangga bo‘ya» global kampaniyasiga qo‘shildi.






Kecha oqshom ham ko‘hna va boqiy Buxorodagi madaniy meros ob’ektlari moviy rangdagi chiroqlar yordamida yoritildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri