French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘hitang tog‘ yonbag‘ridagi qo‘riqxona
19:34 / 2026-02-02

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Ko‘hitang tog‘ yonbag‘rida joylashgan qo‘riqxona o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy tabiiy hudud hisoblanadi.

Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 23 ming 802 gektarni tashkil etib, shundan 12 ming 239 gektardan ziyodi yashil o‘simliklar bilan qoplangan. Dengiz sathidan 850 metrdan 3 ming 137 metrgacha bo‘lgan balandliklarda 900 dan ortiq turdagi o‘simliklar uchraydi.

[gallery-27443]

Ko‘hitang tizmasining eng baland nuqtasi Ayribobo cho‘qqisi bo‘lib, uning balandligi 3137 metrni tashkil etadi.

Qo‘riqxonadagi 18 turdagi hayvon Xalqaro TMQI “Qizil kitob”iga kiritilgan. Ular orasida morxo‘r (burama shoxli echki) va Buxoro tog‘ qo‘yi alohida muhofazaga olingan noyob turlar hisoblanadi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA