Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ko‘hinur”da yangi inshootlar ishga tushdi
21:52 / 2024-03-21

Navro‘z kuni Quyi Chirchiq tumanida joylashgan “Ko‘hinur” sanatoriyasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi sa’y-harakati bilan qurib bitkazilgan 180 o‘rinli zamonaviy madaniyat saroyi va yopiq basseyn tantanali tarzda ochildi.

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati, Toshkent viloyati hamda Quyi Chirchiq tumani hokimliklarining mas’ullari, Sanator-kurortlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda soha vakillari ishtirok etdi.  

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” manzilli dasturiga asosan “Ko‘hinur” sanatoriyasida amalga oshirilgan qo‘shimcha  bunyodkorlik ishlari tufayli ushbu maskanda dam oluvchi va davolanuvchilar uchun e’tiborga molik keng qulayliklar yaratib berildi. Yangi qurib bitkazilgan  majmua kerakli zamonaviy asbob-uskunalar, anjomlar hamda mebellar bilan jihozlandi.  

Yopiq basseynning qurilish ishlariga 13 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflandi.

   Sihatgohning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Prezidentning 2018-yilda Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda aholining turmush darajasini yaxshilash va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida mazkur sanatoriyada  qurilish – rekonstruksiya ishlari jadal olib borildi va sanatoriya 2019-yilda foydalanishga topshirilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sanatoriya joylashgan hududi, tabiati, havosiga ko‘ra, kardiologik, nevrologik kasalliklarni davolash uchun ixtisoslashtirilgin.  

Bu yerda salomatlikni tiklash va turli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiluvchi barcha zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar mavjud. Binolarda turli xil davo muolajalari– fizioterapiya, jismoniy tarbiya, massaj, suv bilan davolash, fitoterapiya, lazeroterapiya, psixoterapiya, diyetoterapiya usullaridan keng foydalanilmoqda.  

  A.Musayev,

O‘zA muxbiri