Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kogonlik pillakorlar mavsumni boshladi
16:14 / 2024-04-16

Yurtimizda pillachilikni rivojlantirish, sara va sifatli “kumush tola” yetishtirishda o‘ziga xos tajriba shakllangan Buxoro viloyati Kogon tumanida joriy yilgi mavsum start olmoqda.

Tumanda bu yil Xitoy davlatidan keltirilgan 3 ming 7 quti ipak qurti parvarishlanadi. Mavsum yakunida 194 tonna pilla xomashyosi yetishtirish chora-tadbiri jadal boshlangan. Bu borada tumandagi 7 ta hududda faoliyat yuritayotgan 12 ta inkubatoriya jihozlandi. Urug‘ qo‘yib, ayni paytda jonlantirish jarayoni ketmoqda.

Muhimi, pillachilik tarmog‘ida rag‘batlantirish va moddiy manfaatdorlikka e’tibor oshirilgani, joylarda ozuqa manbai –tut plantatsiyalari kengaytirilayotgani tufayli muvaffaqiyatga erishilmoqda. Joriy pillachilik mavsumi uchun hududda yuqori hosildorlikka erishib kelayotgan va sifatli pilla yetishtirishda yetarli tajribaga ega 15 ta fermer xo‘jaligi hamda jami 2138 ta kasanachi va oilaviy zveno bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilgan.  

Ma’lumot uchun: o‘tgan yili bahor mavsumida tuman pillakorlari tomonidan 2858 quti ipak qurti jonlantirilgan edi. Sanoat uchun 165 tonna qimmatbaho xomashyo xirmonini bunyod etish uchun hududda jami 1900 dan oshiq kasanachi va oilaviy zveno bilan shartnoma tuzilgandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri