Kod noto‘g‘ri tasniflangan, oqibatda...
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Nukus” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti hamda Tovarlarni tasniflash guruhi xodimlari tomonidan Xitoy davlatidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi uchun qabul qilingan.
Ushbu yuklar xavfni boshqarish tizimi orqali “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, bojxona ko‘rigi davomida taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tovarlarning TIF TN kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi uchun 756 million 723 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovi hisoblandi.

Shuningdek, yana bir holatda “import” rejimiga rasmiylashtirish uchun olib kelingan tovarlar Xavfni boshqarish tizimi orqali “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada TIF TN kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi aniqlanib, 106 million 374 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovi hisoblandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA