-
Odamlar orasida internet saytlarida ko‘chmas mulk narxining oshishi haqida mish-mishlar shu kunlarda tez-tez uchrab turibdi. Albatta bu gap-so‘zlar tarqalganidan keyin kutilganidek ko‘chmas mulk bozorida narxlar keskin o‘zgarmadi. Sababi bugun respublikamizda qurilayotgan turar-joylar, ko‘chmas mulk ob’ektlari kundan kunga ko‘payib bormoqda va taklif talabdan oshib ketdi. Joriy yilning 5 mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingandi va bu aslida narxlar o‘zgarishiga ta’sir etishi asossiz edi. Ushbu masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Ommaviy baholash milliy markazi mutaxassisi Botirjon Karimov bilan suhbatlashdik.
- Aytingchi ushbu farmon bilan ko‘chmas mulk bozorida tebranishlar yuz beradimi?
- Mazkur Farmonga muvofiq Milliy markaz ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilangan. Bunda dastlab Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari baholanadi (2025–2026 yillarda). Ommaviy baholash tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari Respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash. Ko‘chmas mulk ob’ektlarini ma’lum bir maqsadlar uchun tasarruf etishda bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini baholash, ko‘chmas mulk qiymatini aniqlashda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va inson omilini kamaytirishdir. Bu borada ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazasini yaratiladi.
- Baholash qanday amalga oshiriladi?
- Dastlab ko‘chmas mulk bozori holati, oldi-sotdi shartnomalar va boshqa ma’lumotlar tahlil qilinib, hudud narx bo‘yicha zonalashtiriladi. Kadastr agentligi tomonidan taqdim qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxati o‘rganiladi va ko‘chmas mulklar segmentlariga qarab guruhlashtiriladi. Bozor ma’lumotlardan kelib chiqib, baholash yondashuvi tanlanadi va baholash ishlari amalga oshiriladi.
2025–2026 yillarda –eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida; 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Ta’kidlash lozimki, mazkur hujjat soliq masalalarini tartibga solishni ko‘zda tutmaydi. Ommaviy baholashni amalga oshirish uchun metodik ko‘rsatmalar bo‘lib, ushbu jarayonni tartib-taomillarini belgilaydi va ommaviy baholash sohasida uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tmCBbWj8z2Y" title="Ko‘chmas mulkning narxi o‘zgaradimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Тошпўлатов, Nishonboy Abduvoyitov, ЎзА