Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi
14:57 / 2023-08-30

2023 yil 29 avgustdagi 426-son Hukumat qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.  

Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart. Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.  

Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.  

Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojjat qiladi.  

Shunga ko‘ra, Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.  

Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

 

O‘zA