O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Prezident farmonidan maqsad:
a) respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;
b) ko‘chmas mulk ob’ektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;
v) ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;
g) soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish etishdan iborat.
Farmonga ko‘ra, 2025 yildan boshlab barcha ko‘chmas mulk ob’ektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkazilishi belgilandi.
Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) 2025-2026 yillarda - eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
b) 2026-2027 yillarda - Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
v) 2027 yil va undan keyingi yillarda - qolgan hududlarda.
O‘zA