Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish so‘raladi
15:25 / 2021-09-16

Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi, yurtimiz fuqaro hamda tadbirkorlarini Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etishlarini so‘rab qoladi.

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalar faoliyati davomida joriy yil boshidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holatlari bo‘yicha jami 1006 ta holatda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va jami 286 703 500 so‘m miqdorda jarimalar qo‘llanilgan. Shundan 21 658 350 so‘m imtiyozli, 103 042 000 so‘m jarima imtiyozsiz ravishda undirilishiga erishilgan, deya xabar beradi Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.08.2021 yilda imzolangan «Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra,

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik:

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA