Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 252 mingdan ziyod ariza qabul qilingan
15:29 / 2022-09-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat kadastrlar palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yo‘ldosheva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun jami 252 ming 547 ta ariza qabul qilingan, shundan 171 ming 165 ta  ariza  ijobiy hal etilgan. 49 ming 412 ta  ariza  mulkdorning ixtiyori bilan bekor qilingan va asoslantirilgan holda rad etilgan. 31 ming 970 tasi ish jarayonida. Shundan 35 ming 171 tasi noturar, 135 ming 994 tasi turar joylarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish, ya’ni realizasiya qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan yoki sotib olinganidan va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan. Shunga asosan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 17 ming 736 ta yer uchastkasi davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. 

“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan yer uchastkalar soni 79 ming 499 ta, maydoni 4 924,95 gektar, shundan vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan yer uchastkalari soni 16 ming 445 ta, maydoni 1 ming  358 gektar, auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari soni 42 ming 708 ta, maydoni 2 354,6 gektarni tashkil etadi.  

Shuningdek auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari mulk huquqi asosida 16 ming 692 ta, maydoni 568,45 gektar, ijara huquqi asosida 26 ming 16 ta, maydoni 1 786,15 gektarni tashkil etadi. 

Shuningdek, bugungi kun holatida auksion savdo maydonchasida yuqori narx belgilanib sotilgan yer uchastkalari soni 5 ming 996 ta, maydoni 407,41 gektarni tashkil etdi. Yer auksion orqali berilgan 4 ming 878 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 
 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA