Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar qonun himoyasida
18:50 / 2022-12-16

O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 28 noyabr kuni qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. U 10 bob, 74 ta moddadan iborat.

Ushbu qonunning ahamiyati nimada? Qonun hayotimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bilan birgalikda huquqiy asoslarni qamrab olgan ko‘chmas mulk sohasidagi islohotlar ham yangi bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatib beradi.  

Shu bilan birgalikda yangi qonun bilan sohada mavjud ayrim tushunmovchiliklarga barham berish ko‘zlangan. Xalqimiz orasida ko‘chmas mulk deganda faqat turar yoki noturar joy binolari tushunilishi, yer uchastkalarini ko‘chmas mulk sifatida tushunmasliklari gohida o‘zaro tortishuv va bahslarni keltirib chiqaradi.  

Yangi qonun yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.  

Bundan tashqari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi davlat boshqaruvi, ko‘chmas mulkning kadastr yig‘ma jildini tayyorlash, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid faoliyatni tashkil etish, Davlat reyestrini yuritish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ularga oid cheklovlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda nizolarni sudgacha hal qilishning umumiy tartiblari belgilab qo‘yildi.  

Qonunda Maxsus vakolatli organ Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda vositachilar sifatida esa davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, notariuslar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligilari etib belgilandi. Shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.  

Mazkur qonun 2023 yil 1 martdan boshlab kuchga kiradi.  

 Mirshod Shukrullayev,  

Davlat kadastrlari palatasi  

Buxoro viloyati boshqarmasi ko‘chmas  

mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat  

ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i.  

O‘zA