Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan qanday o‘tkaziladi?
15:13 / 2023-07-29

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan 8 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Shunday xizmatlardan biri ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hisoblanadi. Xo‘sh, aslida bu xizmat turi fuqarolarimizga nima beradi?

– Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqiy hujjatlar vujudga kelgan vaqtdan e’tiboran davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi zarur, – deydi palataning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Otabek To‘xtayev. – Bunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulk ob’ektiga nisbatan notarial harakatlar, ya’ni, oldi-sotdi ishlari, hadya qilish, bank orqali ta’qiqga olish, kredit olish va boshqa harakatlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68-1 moddasiga asosan, ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar vujudga kelgan vaqtdan boshlab 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi majburiy qilib belgilangan. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.  

Joriy yilning olti oyi davomida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 21 ming 382 ariza kelib tushgan bo‘lib, 16 ming 96 ta ariza davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 1185 holatda ariza Davlat xizmatlari markazi tomonidan bekor qilingan. 3 ming 69 arizaga rad javobi berilgan. Hozirda 46 ariza ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, 985 ariza to‘lov qilish jarayonida to‘xtab turibdi.

Ayni paytda to‘lov qilish jarayonida bo‘lgan fuqarolar bilan bog‘lanilib, ularga huquqiy tushunchalar berilmoqda va hujjatlarini to‘liq qilib yakunlashda ko‘maklashilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA