French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chma laboratoriya orqali har qanday yuqumli kasallikni aniqlash imkoni paydo bo‘ldi
13:47 / 2022-12-19

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasida epidemiologik nazorat o‘rnatish hamda yuqumli kasalliklarni tarqalish oqibatlarini yumshatish maqsadida kasalliklarni diagnostika qilish uchun ko‘chma laboratoriya taqdim etgan edi.

Ko‘chma laboratoriyadan yurtimizning chekka hududlarida samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joylarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarni Germaniyaning mikrobiologiya instituti mutaxassislari olib bordi, natijada 300 dan ortiq tahlillar olishga erishildi.  

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur Mobil laboratoriyada har qanday yuqumli kasalliklarni tezkorlik bilan aniqlash mumkin. Laboratoriyada PSR, immunoferment analiz o‘tkazish, mikroskop yordamida parazitar kasalliklarni tekshirish mumkin. Bunday Ko‘chma laboratoriyalar uzoq joylarda, laboratoriya bo‘lmagan yerlarda tahlil olish imkonini beradi.  

 

M.Qosimova, 

O‘zA