Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chatlar parvarishida agrotexnik tadbirlarning o‘rni
16:34 / 2023-05-18

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangi ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, ularni sug‘orish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tabiat resurslari vazirligi hamda “Yashil zamin” fondi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Tabiat resurslari vazirligi mas’ullari, viloyat tashkilotlari  rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, sohaga aloqador tashkilotlar rahabarlari, mutaxassislari ishtirok etdi. Seminarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.  

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida ko‘chat ekish, yashil hududlarni barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu xayrli loyiha doirasida birgina joriy yilning bahor oyida 9,6 million tupdan ortiq manzarali, mevali daraxt, shuningdek, buta ko‘chatlari hamda qalamchalar ekildi.  

– Loyiha doirasida ekilgan ko‘chatlarning sinmasdan, turli kasalliklarga chalinmasdan o‘sishi muhimdir, – deydi Andijon viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Akbarov. – Chunki ana shu daraxtlar ona tabiatimiz musaffoligini ta’minlash, salomatligimizni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Seminarda mutaxassislar tomonidan har bir hudud iqlimiga mos daraxt va buta ko‘chatlari turlarini tanlash, ularni ekish, to‘g‘ri parvarishlash, kasalliklardan himoya qilish, umuman, ko‘chatlar parvarishi bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish  yuzasidan ishtirokchilarga keng ma’lumotlar, zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminarda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va Innovatsiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha tushunchalar berildi.  

Mutaxassislar tomonidan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bog‘i misolida yangi ekilgan daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, ularga zarar keltirayotgan  xashoratlarga qarshi kurashish jarayonlari amalda ko‘rsatib berildi. Seminar ishtirokchilari mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalar bildirdi, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.  

[gallery-11932]

Amaliy seminar ishtirokchilarning daraxt parvarishi borasidagi bilim, tajriba va malakalarini boyitishga yordam berdi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA