Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chat ekish va parvarishlashning zamonaviy usullariga bag‘ishlandi
16:32 / 2025-11-25

Boyovut tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Dilfuza O‘rolova qatnashib, ekologik muhitni asrash va yashil maydonlarni kengaytirish borasida olib borilayotgan tashabbuskorlik uchun soha mutaxassislariga minnatdorchilik bildirdi.

Tuman rahbari nutqida bugungi ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, tabiatga mas’uliyat bilan yondashish va kelgusi avlodlar uchun toza, yashil muhit yaratish muhim vazifa ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, hokim qishloq xo‘jaligi mutaxassislari orqali ekologiyani muhofaza qilish, daraxt va butalar ekish hamda mahalliy hududlarda yashil bog‘ va maydonlarni kengaytirishning ahamiyatini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun shuni aytish mumkinki, “Yashil makon” loyihasining kuzgi mavsumida Boyovut tumanida 1 million 100 mingdan ortiq iqlimga mos daraxt va butalar ekilishi rejalashtirilgan. Shundan 600 mingdan ortiq ko‘chat aynan qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tomonidan ekiladi. Hozirgi kunga qadar tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 70 mingga yaqin ko‘chat ekilib, mavsum yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni sezilarli oshirish rejalashtirilmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar ko‘chat ekishning zamonaviy usullari, agrotexnik talablar va parvarish bo‘yicha tajriba almashdilar. Shuningdek, seminarda hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va tuproqdan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri