Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chat ekish tadbirlarida yoshu keksa faol ishtirok etmoqda
16:38 / 2022-11-03

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlar, nuroniylar, bog‘bon va ekologlar bilan gavjum bo‘lgan ezgu tadbirda “Yashil makon” umummilliy loyihasining mazmun-mohiyati, maqsadi haqida ma’lumot berildi. Tadbirda so‘z olgan nuroniylar nihol ekish orqali ekologik barqarorlikka erishish mumkinligini ta’kidlab, barchani ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga chaqirdi.

[gallery-9410]

Tadbirda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzulla Oblamurodov ishtirok etdi.

Qo‘mita raisi yaxshi niyatlarda boshlab bergan ko‘chat ekish tadbirini mahalla faollari, yoshlar davom ettirdi. Loyiha doirasida hududga 200 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA