FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Tabiat resurslari vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi hamda Toshkent shahar hokimiyati mas’ullari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish maqsadiga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari, karantin xizmati xodimlari hamda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
[gallery-11194]
Ishtirokchilar e’tiboriga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, soha mutaxassislari daraxt va buta ko‘chatlarini belgilangan talablar asosida ekilishi, daraxtlar parvarishida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Amaliy seminar yakunida mavzu yuzasidan savol va takliflar muhokama qilindi.
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA