Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chat ekish aksiyasida yoshlar yetakchilari ham faol ishtirok etdi
12:31 / 2024-04-13

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Urganch shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Hokimlik bog‘i” tashkil etildi. 

Yurtimizda daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy etilishi bu boradagi tizimli ishlarning yanada keng quloch yoyishiga xizmat qilmoqda. Xususan, Urganch shahridagi Mash’al mahallasi hududida “Hokimlik bog‘i” tashkil etildi. 

[gallery-16901]

Shahar hokimi Bunyod Rajabov boshchiligida barcha mas’ullar, nuroniylar, yoshlar va mahalla faollari 1 gektardan ziyod hududga 1500 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdi. Bundan tashqari, mazkur ko‘chat ekish ishlari barcha hududlarni qamrab olgan bo‘lib, bularning barchasi tabiatni asrash va ekologiyani yaxshilashga qaratilgan. 

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va shahar-tuman yoshlar yetakchilari ham “Yashil makon” aksiyasida faol qatnashib, belgilangan hududga 2000 tup ko‘chat ekdi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA