Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chat ekildi, endi uni parvarishlash ham kerak
16:40 / 2025-07-10

Bahorgi ko‘chat ekish mavsumida Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida 821 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi. Amalda 833 ming 700 tup ko‘chat ekildi.

Ko‘chat ekish bo‘yicha rejani ortig‘i bilan bajarish yaxshi, albatta. Lekin uni ko‘kartirib olish ikki hissa yaxshiroq. Buni yaxshi anglagan Do‘stlik tumani mehnatkashlari ekologik holatni yaxshilash, hududni ko‘kalamzorlashtirish va aholiga qulay muhit yaratish hamda jazirama issiq ob-havoda nihollarni qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ekilgan ko‘chatlarni doimiy ravishda parvarishlash va sug‘orish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ayni paytda, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu ko‘chatlarni muntazam sug‘orish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Mutaxassislar tomonidan har bir hududdagi ko‘chatlarga sug‘orish rejasi asosida suv quyilmoqda. Ko‘chatlar atrofini tozalash, tuproqni yumshatish va zarur hollarda oziqlantirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari